» » Pekinda koronavirus epidemiyasi avj ola boshlagani tufayli shahardan chiqish taqiqlab qo‘yildi

Pekinda koronavirus epidemiyasi avj ola boshlagani tufayli shahardan chiqish taqiqlab qo‘yildi


Xitoy poytaxti Pekin shahri ma’muriyati “Sinfadi” ulgurji bozorida koronavirus infeksiyasi aniqlangach aholi vakillarining shahar hududidan chiqishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

COVID-19 bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan va koronavirus infeksiyasiga chalinish xavfi mavjud kishilarga shahar hududidan chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Shuningdek, taksi haydovchilarining ham yo‘lovchilarni yetkazib qo‘yish uchun shahar tashqarisiga chiqishiga ruxsat berilmayapti.

Shu bilan birga qo‘shni provinsiyalar Xubey va Shandun bilan shaharlararo qatnovlar vaqtincha bekor qilingan, jumladan, Pekin aeroportiga olib boradigan yo‘nalishlar qisqargan yoki butunlay bekor bo‘lgan.

Ayrim provinsiyalarda Pekindan kelgan odamlar karantinga olinmoqda. Shanxay ma’muriyati COVID-19 yuqtirib olish xavfi yuqori yoki o‘rtacha bo‘lgan hududlardan kelgan fuqarolarni 14 kunlik karantinga olmoqda.

Mavzuga doir:

11-iyunda Pekinda 106 kishining koronavirusga chalingan, oxirgi bir sutka davomida esa 27 nafar odamda COVID-19 infeksiyasi borligi aniqlangan, deya xabar qilgan Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi. Yangi kasallanish holatlari “Sinfadi” ulgurji oziq-ovqat mahsulotlari bozorida kuzatilgan. Pekinning barcha mikrohududlarida “harbiy holat rejimi” joriy qilingan.

Oxirgi uch kun davomida Xubey, Lyaonin va Sichuan provinsiyalarida “Sinfadi” bozoriga aloqador kasallanish holatlari kuzatilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlangan Pekindagi vaziyat — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют