» » O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilida qancha talaba bakalavriatda tahsil olgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilida qancha talaba bakalavriatda tahsil olgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida oliy harbiy bilim yurtlaridan tashqari 119 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 7 ta akademiya, 58 ta universitet va 5 ta oliy diniy ta’lim muassasasi hamda filiallar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilindi.

Qo‘mita tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv yili boshida jami 138,1 ming kishi talabalikka qabul qilinib, ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davrida 114,5 ming kishini tashkil etgan hamda 23,8 ming kishiga yoki 20,6 foizga o‘sish kuzatilgan. Hududlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bo‘yicha Toshkent viloyati 2018-yilga nisbatan 40,3 foizga, Andijon viloyati 31,3 foiz va Farg‘ona viloyatida 25,7 foizga oshganligi kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilda bakalavr darajasiga ega bo‘lgan talabalar soni 65,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 18,6 ming nafari davlat grantlari asosida ta’lim olgan. 2019-yilda bakalavriat bosqichini bitirganlarning 25 ming nafarini qizlar (38,3 foiz) tashkil etgan. 2020-yilda bakalavriatni 76,9 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda, ularning 22,1 ming nafari (28,7 foiz) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarni tashkil qiladi.

Hisobotga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yili uchun magistraturaga jami 9362 nafar talaba qabul qilingan. Talabalardan 44,1 foizi (4131 nafari) davlat granti asosida, 55,9 foizi (5231 nafari) to‘lov shartnomasi asosida qabul qilingan. 2018/2019-o‘quv yilida magistraturaga jami 5725 nafar qabul qilingan talabadan 27,2 foizi (1555 nafari) davlat granti asosida, 72,8 foizi (4170 nafari) to‘lov shartnomasi asosida qabul qilingan. Magistraturaga qabul kvotalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,8 foizga oshgan, shu jumladan, davlat granti asosida qabul kvotalari ham 2,7 barobarga ko‘paygan.

2019/2020-o‘quv yili boshida oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishida boshqa hududlarga nisbatan ayollar ulushining yuqoriligi Navoiy viloyatida 60,2 foiz, Sirdaryo viloyatida 56,2 foiz va Surxondaryo viloyatida 55,2 foizni tashkil etmoqda. Erkaklar ulushining yuqoriligi bo‘yicha Toshkent shahri 61,1 foiz, Toshkent viloyati 59,9 foiz va Samarqand viloyati 58,9 foizni tashkil etgan.

Yakunlanayotgan o‘quv yili boshida oliy o‘quv yurtlarida jami tahsil olayotgan bakalavriat bosqichidagi talabalar soni 424,9 ming nafarga yetgan bo‘lib, gumanitar sohada 206,9 ming nafar (48,7 foiz), ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq yo‘nalishlarida 41,6 ming nafar (9,8 foiz), ishlab chiqarish texnikasi sohasi yo‘nalishida 105,1 ming nafar (24,7 foiz), qishloq va suv xo‘jaligida 25,9 ming nafar (6,1 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda 27,1 ming nafar (6,4 foiz), xizmatlar sohasida 18,4 ming nafar (4,3 foiz) talaba tahsil olmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qabul natijalari tahlilidan ko‘rinadiki, 100 o‘ringa to‘g‘ri keladigan eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 1427 nafar, Sirdaryo viloyatida 1270 nafar va Surxondaryo viloyatida 1175 nafarni tashkil etadi.

2019/2020-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’limning barcha turlari bo‘yicha bakalavriat bosqichiga jami abituriyentlar tomonidan 1 157 634 ta ariza topshirilgan bo‘lib, respublika bo‘yicha 100 o‘ringa 899 kishini tashkil etgan.

Bundan tashqari, 2019/2020-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida jami 30 559 nafar professor-o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritmoqda. Shundan 13 187 nafari ayollarni (43,2 foiz) tashkil etsa, 17 372 nafari erkaklardan (56,8 foiz) iborat.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi

Mamlakatda oliy ta’lim muassasalarida jami 30 559 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, fan doktorlari 1811 nafarni, fan nomzodlari 6181 nafarni hamda falsafa doktorlari 1081 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, ilmiy unvoni bo‘yicha professorlar 1326 nafarni, dotsentlar 4645 nafarni tashkil etadi. 2019/2020-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 14 nafar talaba to‘g‘ri kelgan. Shulardan hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilib, unda bir nafar o‘qituvchiga o‘rtacha 19 nafar talaba to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Andijon viloyatida esa eng past ko‘rsatkich, ya’ni bir nafar o‘qituvchiga o‘rtacha 11 nafar talaba to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 nafar kvota berilgan. Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi. 2020-yilgi kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют