» » “Yashil” hududga aylangan Andijonda bolalar oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi

“Yashil” hududga aylangan Andijonda bolalar oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi


“Yashil” hudud maqomini olgan Andijon viloyatida 15-iyundan boshlab bolalar oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Nodira Abdurahmonovaning aytishicha, joriy yilgi yoz mavsumi davomida jami 6 ta — Andijon tumanidagi “Bog‘ishamol”, Baliqchi tumanidagi “Shabboda shifo fayz”, Buloqboshi tumanidagi “Energetika” va “Shifokor”, Bo‘ston tumanidagi “Quyoshcha”, Paxtaobod tumanidagi “Bo‘ston” oromgohlari bolalarni qabul qiladi.

Ushbu oromgohlarda ayni kunga qadar obodonlashtirish, bino va inshootlarni texnologik uskunalar, xususan, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini ta’mirlash bilan birga profilaktik dezinfeksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya ishlari olib borilib, yozgi mavsumga shay holatga keltirilgan. Shuningdek, oziq-ovqat ta’minoti, xavfsizlik, shoshilinch tibbiy yordam masalalariga alohida e’tibor qaratilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birga oromgohlarda karantin choralari ko‘rilgan.

“Mavsum davomida jami uch navbatda 2130 nafar bolani qabul qilishni rejalashtirganmiz. Ularda kunda ikki mahal bolalarning harorati o‘lchanishi, niqoblarda bo‘lishi va antiseptik vositalardan foydalanishi, eng asosiysi, ijtimoiy masofaning saqlanishi doimiy nazoratda bo‘ladi. Buning uchun har bir oromgohga mas’ul xodimlar biriktirilgan”, — deydi Nodira Abdurahmonova.

Abdurahmonovaning qo‘shimcha qilishicha, kasaba uyushma tasarrufidagi “Bog‘ishamol” oromgohi koronavirus pandemiyasi sababli karantin obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu kunga qadar to‘rt marotaba 14 kundan karantinga 774 nafar fuqarolar joylashtirilgan. Shu sababli oromgoh 30-iyun kunidan boshlab o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют