» » “Rostov” ikki haftaga karantinga olinadi. Jamoaning olti nafar o‘yinchisida koronavirus aniqlangan

“Rostov” ikki haftaga karantinga olinadi. Jamoaning olti nafar o‘yinchisida koronavirus aniqlangan


“Rostov”ning olti nafar futbolchisida koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan test natijalari ijobiy chiqqan. Shu bois klubning 42 nafar futbolchi, murabbiy va xodimlari ikki hafta muddatga karantinga olinadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Rostov” keyingi ikki hafta ichida “Sochi” (19-iyul), “Arsenal” (27-iyun) va “Krasnodar” (1-iyul) klublari bilan o‘yin o‘tkazishi kerak edi.

Mavzuga doir: Rossiya Premyer Ligasi 19-iyundan davom ettiriladi

Jamoaning olti nafar futbolchisi — Roman Yeremenko, Dennis Xadjikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashov COVID-19’ni yuqtirib olgan.

“Rostov” Rossiya Premyer Ligasining 22-turidan keyin 38 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalining 4-pog‘onasidan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют