» » RPL. “Rostov” Eldor Shomurodov gol urgan bahsda g‘alabaga erishdi (video)

RPL. “Rostov” Eldor Shomurodov gol urgan bahsda g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 11-turi doirasida 28-sentabr, shanba kuni Valeriy Karpin boshqaruvidagi “Rostov” Moskvada “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida “Rovtov” vakillari Ivelin Popov (25), Eldor Shomurodov (37) hamda Baxtiyor Zaynutdinov (82) tomonidan urilgan gollar mehmonlarning “Dinamo” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Rovtov”ning 23 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. “Dinamo” esa 10 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish joiz, Shomurodov joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va u to‘purarlar bahsida peshqadamga aylandi. Bundan tashqari Eldorning hisobida 1 ta golli uzatma ham mavjud.

RPL

11-tur bahsi

28-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 — 25 Popov, 2:0 — 37 Shomurodov, 3:0 — 82 Zaynutdinov

“Rostov”: Baburin, Chistyakov, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Normann, Ionov (Zaynutdinov, 81), Yeremenko, Popov, Bayramyan (Saplinov, 67), Shomurodov (Dolgov, 86)

“Dinamo”: Leshuk, Yevgenyev, Pliyev, Morozov, Shunich, Joaozinyo, Kabore, Yusupov (Xilyemark, 46), Shimanski (N’Ji, 68), Panchenko (Filipp, 70), Igboun

Ogohlantirishlar: Shimanski (16), Pliyev (21), Kabore (46), Bayramyan (54), Popov (64), Joaozinyo (83)

Chetlatish: Pliyev (66)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют