» » RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi (video)

RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi (video)


12-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 5-turi doirasida “Rostov” o‘z maydonida Samaraning “Krilya Sovetov” klubini qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 33-daqiqada kiritildi. Unga O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov mualliflik qildi.

Shu tariqa “Rostov” “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etib, musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Jamoa hisobida 5-tur bahslari yakuniga ko‘ra 11 ochko mavjud.

Qayd etish joiz, Shomurodov Premyer ligada ketma-ket 3 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga 24 yoshli hujumchi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi. Eldor musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida Artyom Dzyuba (“Zenit”) hamda Aleksandr Sobolev (“Krilya Sovetov”) bilan birgalikda birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

5-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

RPL

5-tur bahsi

12-avgust, dushanba

Gol: 1:0 — 33 Eldor Shomurodov

“Rostov”: Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Logashov, 90), Yeremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuyev, 55), Popov, Normann, Shomurodov

“Krilya Sovetov”: Rijikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gaskan, Timofeyev, Kabutov, Ginsar (Radonyich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87)

Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют