» » Qubatbek Bo‘ronov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlandi

Qubatbek Bo‘ronov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlandi


Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga shu vaqtga qadar mazkur vazifani vaqtincha bajarib kelgan Qubatbek Bo‘ronov tayinlandi. Bu haqda “Kabar.kg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov mamlakat bosh vaziri lavozimiga Qubatbek Bo‘ronovni tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Qubatbek Bo‘ronov shu paytgacha bosh vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgandi.

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev avvalroq iste’foga chiqqandi. U o‘z iste’fosini mamlakatda koronavirusga qarshi kurash bilan bog‘liq ishlarda mavhum vaziyat yuz bergani bilan izohlagandi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 2017—2018-yillarda prezident Almazbek Atambayev rahbarligida bosh vazir bo‘lgan Sapar Isoqov korrupsiyada ayblanib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda prokurorlar Atambayevga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni taklif etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют