» » Avstriyalik olimlar yesa bo‘ladigan robot yaratdi

Avstriyalik olimlar yesa bo‘ladigan robot yaratdi


Avstriyadagi Iogann Kepler universiteti olimlari yesa bo‘ladigan robotni yaratdi, deb yozadi Futurism.

Qurilma robotlashtirilgan fil xartumidan iborat. U bukiladi va buyumlarni ushlay oladi. Xartumning ustki qismi yesa bo‘ladigan geldan ishlangan.

Gel tarkibiga glitserin aralashtirilgan jelatin kiradi. Aynan u qurilmaga yumshoq va namlanuvchan bo‘lish imkonini beradi. Uning tarkibida, shuningdek, “bakteriyalar yoqtirmaydigan” limon kislotasi mavjud.

Robotning geli, taxminan, bir yil qurimaydi. U 330 ming marta bukilib, to‘g‘rilana oladi, shundan keyingina uning elastikligi kamayishi mumkin. Agar xartum chiqindiga tashlab yuborilsa, u vaqt o‘tgan sari parchalanadi.

Ixtiro mualliflaridan biri Martin Kaltenbrunnerning aytishicha, yangi ishlanmani, masalan, veterinariyada ishlatish mumkin.

Shu tariqa hayvonlarni adashtirib, ularga ichiga dori solingan robotni yedirish mumkin.

Mavzuga doir: Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют