» » Turkiya ko‘chalarida tibbiy niqob taqib yurishning majburiy rejimi qayta joriy qilindi

Turkiya ko‘chalarida tibbiy niqob taqib yurishning majburiy rejimi qayta joriy qilindi


Turkiya hukumati 81 ta viloyatning 42 tasida aholiga jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurishning majburiy tartibini joriy etdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar qilgan.

“Hududlardagi sanitar-epidemiologik qo‘mitalar koronavirusning tarqalish xavfini kamaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda. COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygan shaharlarda keskin choralar qo‘llanilmoqda”, – degan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘k.

Qolgan viloyatlarda aholi jamoat transporti, do‘konlar va savdo markazlarida niqob taqib yurishi shart deb belgilangan. Shuningdek, odamlar ijtimoiy masofalanish qoidalariga ham rioya etishi zarur.

Turkiyada kafe, restoran, sport zallari, xiyobonlar, plyaj va muzeylar qayta ochilganidan keyin kasallanish holatlari soni keskin oshgan, shuningdek, shaharlararo qatnovlar taqiqining olib tashlanishi ham epidemiologik vaziyatning og‘irlashishiga sabab bo‘lgan.

Turkiyada oxirgi kunlarda 1500 dan ziyod yangi kasallanish holatlari qayd etilgan, avval ushbu raqam 800-900 tadan oshmay kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avval Turkiyada koronavirus pandemiyasiga qarshi ko‘rilgan cheklovlarning ayrimlari yumshatilgan. 18 yoshdan kichik o‘smir va o‘spirinlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat berilgan. Shuningdek, 65 yosh va undan katta odamlarga ham ko‘chada soat 10:00 dan 20:00 gacha sayr qilish, zarurat yuzasidan jamoat joylariga borish taqiqi olib tashlangandi.

4-iyun kuni Turkiyaning 10-iyundan 40 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklashi, ro‘yxatda O‘zbekiston ham borligi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют