» » Getji: Agar Habibni mag‘lub etsam, Konor yana sportga qaytadi

Getji: Agar Habibni mag‘lub etsam, Konor yana sportga qaytadi


Yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Jastin Getji faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Konor Makgregor haqida gapirdi. Uning fikricha, Getji chempionlik jangida Habib Nurmagomedovni yengadigan bo‘lsa, Konor faoliyatini qayta tiklaydi.

“O‘ylashimcha, Makgregor yana jang qiladi. U men va Habib o‘rtasida kechadigan jang natijasini kutmoqda. Agar Habibni taslim qiladigan bo‘lsam, u aniq qaytadi. Agar Habib yutadigan bo‘lsa, bunga ishonchim komil emas.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, u afsona. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. U har bir yakkakurashchi orzu qiladigan narsalarga erishdi. Uning oldida shlyapamni yechaman, biroq uning yuziga musht tushirishni intiqib kutyapman”, — deydi Getji.

Mavzuga doir: Jastin Getji: Habibni taslim etganimdan keyin Konor bilan jang qilaman

Eslatib o‘tamiz, Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik kamariga ega chiqdi. Shu tariqa Jastin chempionlik jangida Habib Nurmegomedov bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Ular o‘rtasidagi bellashuv sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mo‘ljal qilinmoqda.

Avvalroq Konor Makgregor UFC’ni tark etishishi ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют