» » Jastin Getji: Birinchi navbatda Habib va Poryeni yengishi xohlayman

Jastin Getji: Birinchi navbatda Habib va Poryeni yengishi xohlayman


Yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Jastin Getji ikki vazn divizioni chempioni Konor Makgregorga qarshi jang qilishi ehtimoli haqida gapirdi.

“Men xohlasam, Konor bilan hozirning o‘zida jang qilishim mumkin. Hamma meni yolg‘on gapiryotganlikda ayblamoqda va Konorga qarshi jang qilish imkoniyati tug‘iladigan bo‘lsa, unga rozi bo‘lishimni aytmoqda. Hatto yaqinda Deniel Kormye ham shu haqda gapirdi, biroq men unday jangchi emasman.

Birinchidan, menda hozir bu sport turida kuzatilmagan ishni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Qulay vaziyat bo‘lmagan vaqtda Tonini taslim etish, keyin Habibni yengish va Konorning adabini berish — bu buyuk voqea bo‘ladi.

Biznes nuqtai nazaridan qaraganda Konorga qarshi jang o‘tkazish aqlli ish bo‘ladi, chunki bu ko‘p pul ishlab olish imkoniyatini anglatadi. Biroq avvaliga Habibni va undan so‘ng Konorni mag‘lub etsam, undan ham ko‘p pul ishlayman. Agar Konor buni xohlamasa men Poryega qarshi jang qilaman. Rostini aytganda, ayni damda Konor mening ro‘yxatimda yo‘q. Habib va Porye — mana men kimlar bilan jang qilmoqchiman. Agar bu ikkisi taslim eta olsam, o‘zimdan ko‘nglim to‘ladi”, — deydi Getji.

Jastin Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi. Habib va Getji o‘rtasidagi jang sentabr oyida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Getji 2018-yilgi jangda Dastin Poryega imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют