» » Sirdaryoda Damas, 2 ta Cobalt, Captiva hamda Audi-100 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokat oqibatida 2 kishi vafot etdi

Sirdaryoda Damas, 2 ta Cobalt, Captiva hamda Audi-100 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokat oqibatida 2 kishi vafot etdi


Sirdaryo viloyatida 5 ta mashina ishtirokida dahshatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 18-iyun kuni soat 10:20 larda Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 kilometrida 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi X.X. boshqaruvidagi Captiva 1993-yilda tug‘ilgan S.M. u bilan bir yo‘nalishda boshqarib ketayotgan Cobalt’ni o‘ng tomondan quvib o‘tgan. Oqibatda Captiva yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas hamda boshqa bir Cobalt’ga urilgan.

S.M. boshqaruvidagi Cobalt esa Audi-100 mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Mavzuga doir:

Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida Damas ichidagi ikki nafar yo‘lovchi 1979-yilda tug‘ilgan A.J. va 1982-yilda tug‘ilgan Q.Q. og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga keltirilgan va u yerda vafot etgan. Cobalt haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют