» » Surxondaryodagi qo‘riqxonada sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga ikkita vertolyot va 200 nafar harbiy xizmatchi jalb etildi (video)

Surxondaryodagi qo‘riqxonada sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga ikkita vertolyot va 200 nafar harbiy xizmatchi jalb etildi (video)


Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining ma’lum qilishicha, yong‘inni o‘chirishga 2 ta vertolyot jalb etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 17-iyun kuni soat ertalab 06:30 da Mudofaa vazirligiga qarashli Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan harbiy qism navbatchisiga “Surxon davlat qo‘riqxonasi”da yong‘in ro‘y berayotgani haqida hududdagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy qism qo‘riqlash brigadasi navbatchisidan xabar kelib tushgan.

Navbatchi ushbu xabarni belgilangan tartibda tezda harbiy qism komandiri podpolkovnik Farhod Davlatovga, u esa zudlik bilan bu haqda yuqori qo‘mondonlikka ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng yong‘in yuz berayotgan hududga harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Qodir Tursunov va harbiy qism komandiri podpolkovnik Farhod Davlatov yetib borishgan.

Vaziyatga aniqlik kiritilgach, mas’ul ofitserlarning qarori bilan harbiy qismdan 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va anjomlari bilan ofatni bartaraf etishga jalb qilingan.

Shamol ta’sirida yong‘in qamrovi tobora kengayib borayotgani sabab harbiylar vertolyot aviatsiyasini yordamga jalb etishga qaror qiladi va bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbariga taklif bildiriladi. Hokim ushbu qarorni ma’qullagach, Qarshi shahri Xonobod qo‘rg‘onidagi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism bilan bog‘lanib, o‘t o‘chirishga 2 ta Mi-8 vertolyotlari jalb qilingan.

Harbiy qism shaxsiy tarkibi vertolyot aviatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida soat 15:00 da qariyb 35 gektar yerni qamragan olov to‘liq qurshab olingan va yong‘inning kengayib ketishi to‘xtatilgan.

“Soat 19:00 da ofat hududining 90 foiz (31,5 gektar) qismida yong‘in to‘liq o‘chirilishiga erishildi. Yong‘inni o‘chirish davomida 2 ta vertolyot umumiy 8 soat 20 daqiqa davomida parvoz amalga oshirib, har biri 10 martadan suv sepdi. Harbiy xizmatchilar ofatni bartaraf etib, qo‘riqxonaning noyob tabiati kuyib ketishining, hududdagi Vandob aholi yashash punkti yong‘inda qolish xavfining oldini olishdi”, — deyiladi xabarda.

Hududdagi vaziyatni tunda ham kuzatib turish, xavf qaytalamasligi uchun harbiy xizmatchilardan navbatchi-kuzatuvchilar tayinlangan.

Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют