» » Olmaotada lok-bo‘yoq omborida yong‘in kelib chiqdi (video)

Olmaotada lok-bo‘yoq omborida yong‘in kelib chiqdi (video)


Qozog‘istonning Olmaota shahrida lok-bo‘yoq omborida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Informbyuro.kz”.

Yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar 18-iyul kuni soat 07:45 da kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda 200 tonna lok-bo‘yoq mahsulotlari bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga 67 nafar o‘t o‘chirish xodimlari va 27 ta texnika hamda suv tashish qurilmasi bilan jihozlangan vertolyot jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘inni o‘chirish uchun vertolyot soat 10:20 gacha 7 marta suv tashigan. Keyinchalik ma’lum qilinishicha, unga yana bitta vertolyot kelib qo‘shilgan va tushgacha 36 marta suv tashilgan. Buning uchun 9 ta vodovozlardan foydalanilgan.

Yong‘in soat 12:14 larda bartaraf etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют