» » Toshkent tumanida Malibu-2’ni yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent tumanida Malibu-2’ni yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi


Ijtimoiy tarmoqlarda 18-iyun kuni noma’lum shaxs tomonidan Malibu-2 avtomobili yoqib yuborilgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB avtomobilni yoqib yuborgan shaxsni aniqladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida Malibu-2’ni yoqib yuborganlikda gumonlangan va unga aloqador bo‘lgan shaxs aniqlandi va ushlandi.

Aniqlanishicha, 2020-yilning 1-iyun kuni Lessor car MChJ rahbari Bahodir N. tanishi 38 yoshli Ulug‘bek M.ga davlat raqam belgisi 01 757 MDA bo‘lgan Malibu-2 avtomashinasini sotib berishini so‘rab, undan 5 million so‘m boshlang‘ich badal puli olgan. Shundan so‘ng 2-iyun kuni Ulug‘bek M.ning tanishi Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan gulistonlik Z.B. (ayol) Ulug‘bekdan shaxsiy ishi uchun mazkur avtomashinani ma’lum muddatga so‘ragan. Z.B. mashinani olib ketib, qaytarib olib kelmagan.

Toshkent viloyati IIBBning ma’lum qilishicha, Z.B. 18-iyun kuni soat taxminan 04:30 da Toshkent tumani “Fayzobod” MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydoni yaqinida Lessor car MChJ balansidagi 2019-yilda ishlab chiqarilgan Malibu-2’ni yoqib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan fuqaro Z.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “v” bandi, 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют