» » AQSh IShID yetakchisining yaqin safdoshlaridan birini yo‘q qildi. Uning ismi — Abdurahmon O‘zbekiy

AQSh IShID yetakchisining yaqin safdoshlaridan birini yo‘q qildi. Uning ismi — Abdurahmon O‘zbekiy


AQSh kuchlari Suriyadagi maxsus operatsiya davomida IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan terrorchi — Abdurahmon O‘zbekiyni yo‘q qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Suriyaning Mayyadin shahri yaqinida o‘tkazilgan AQSh harbiy operatsiyasi natijasida IShID terrorchisi va al-Bag‘dodiyning hamtovog‘i o‘ldirilgani tasdiqlandi”, — dedi IShIDga qarshi kurash bo‘yicha global koalitsiya maxsus vakili Brett Makgerk.

Confirmed: death of senior #ISIS terrorist & #Baghdadi associate via US military operation near Mayadin, #Syria. We will reach u anywhere. pic.twitter.com/Y1MYBwx67o

— Brett McGurk (@brett_mcgurk) April 21, 2017

Avvalroq bu terrorchining o‘ldirilgani haqida CNN telekanali ma’lum qilgan edi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Abdurahmon O‘zbekiy ikki hafta avval — 6-aprel kuni yo‘q qilingan. CNN’ning xabar berishicha, yo‘q qilingan terrorchi 1-yanvar kuni Istanbulda uyushtirilgan teraktga aloqador, deb gumon qilingan.

Istanbulning Reina tungi klubidagi terakt 1-yanvarga o‘tar kechasi yuz bergan edi. Jinoyatchi klub tashrifchilariga qarata o‘t ochgan, oqibatda 39 kishi halok bo‘lgan. Hodisa uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Keyinroq Istanbul politsiyasi tungi klubga hujum qilgan terrorchining shaxsini aniqlab, uni qo‘lga olgan edi — u asli o‘zbekistonlik, IShID safida Abu Muhammad Xuroson taxallusi bilan jang qilgan Abdulqodir Masharipov bo‘lib chiqdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют