» » RPL. 17 yoshli futbolchilar bilan o‘ynashga majbur bo‘lgan “Rostov” Sochida 10 ta gol o‘tkazib yubordi

RPL. 17 yoshli futbolchilar bilan o‘ynashga majbur bo‘lgan “Rostov” Sochida 10 ta gol o‘tkazib yubordi


Rossiya chempionatining 23-turida “Rostov” 19-iyun, juma kuni “Sochi” maydoniga safar qildi.

Asosiy jamoa futbolchilarining olti nafarida koronavirus aniqlangani sabab “Rostov”ning asosiy tarkibi karantinga olingan. Rostovliklar mazkur bahsni boshqa kunga qoldirishni taklif qildi, biroq sochiliklar bu taklifga rad javobini berdi. Shu tariqa “Rostov” safar uchrashuviga U-17 va o‘rinbosarlar jamoasidagi futbolchilarni olib borishga majbur bo‘ldi.

Uchrashuvda kutilmaganda 1-daqiqadayoq mehmonlar 17 yoshli Roman Romanovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq shundan keyin maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz o‘nta to‘p kiritdi. Uchrashuvda Aleksandr Kokorin het-trik qayd etgan bo‘lsa, Anton Zabolotniy va Dmitriy Poloz dubl muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 27 taga yetkazib olgan “Sochi” 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Rostov” (38) esa 4-pog‘onada qoldi.

RPL

23-tur bahsi

19-iyun, juma

Gollar: 0:1 – 1 Romanov, 1:1 – 6, avtogol Abramov, 2:1 – 15 Kokorin, 3:1 – 44 Kokorin, 4:1 – 45 Zabolotniy, 5:1 – 47 Zabolotniy, 6:1 – 51 Kokorin, 7:1 – 53 Novoselsev, 8:1 – 74 Poloz, 9:1 – 86 Poloz, 10:1 – 87 Koldunov.

“Sochi”:  Janayev, Miladinovich, Mevlya, Novoselsev (Milyutin, 56), Zaika, Margasov (Imbula, 60), Burmistrov (Koldunov, 69), Nabiullin, Kokorin (Bokovoy, 69), Zabolotniy (Poloz, 60).

“Rostov”: Popov, Girnik, Rogava, Kalistratov, Abramov, Kupriyanov (Kashtan, 73), Romanov (Kochkanyan, 46), Gorelov, Topuriya (Komarov, 61), Xromov (Stavsev, 80), Mostovoy, Kolotiyevskiy (Korniyenko, 46).

Ogohlantirishlar: Girnik (26), Margasov (38), Burmistrov (42), Topuriya (43), Gorelov (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют