» » Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin haqida: “VAR’dan noroziman”

Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin haqida: “VAR’dan noroziman”


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” bilan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari (1:1) bildirib o‘tdi.

“Ba’zi bir jihatlardan qoniqdim, boshqalaridan esa yo‘q. Menga nima yoqdi? Jamoaning o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqi, tashkilotchilik, nazorat va ishonch.

O‘yin borishini o‘qiy olganimdan mamnunman, lekin bunga qandaydir ta’sir o‘tkazish uchun bizda zaxira futbolchilari yo‘q edi. Raqib ustunlik qila boshlagach, biz charchab qoldik va pressing qilolmadik.

Jamoani boshqarish qiyin bo‘ldi. Men birinchi va ikkinchi penaltidan noroziman, VARdan ham. Birinchi navbatda hakamlardan emasman. Boisi hakam xato qilishi mumkin, ammo VAR o‘z ishini bajarish uchun olib kelingan.

Ikkinchi penaltida hakam xatoga yo‘l quydi. Chunki u jarima zarbasini bermadi, keyin esa penalti belgilamadi, ammo VAR hammasini hal qilib berdi”, deydi Mourinyo.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Yunayted” 46 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, “Tottenhem” (42) 8-pog‘onada qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют