» » IShID Xabarovskda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

IShID Xabarovskda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi boshqarmasi qabulxonasiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda terrorchilar faoliyatini kuzatib boruvchi SITE Intelligence Group tashkilotiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi bo‘lib o‘tgan hodisaga IShIDning aloqasi borligiga shubha qilmoqda. “Hozirda mavjud tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat boshqa millat vakillariga nafrat bilan qarovchi neonatsistik qarashlar tarafdori bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan. Biroq ayni vaqtda tergovning hujum uyushtirgan shaxs bilan IShIDning o‘zaro aloqasini tasdiqlovchi hech qanday asosi yo‘q”, — deya ma’lum qildi qo‘mita rasmiy vakili Svetlana Petrenko.

21-aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati qabulxonasida noma’lum shaxs xodimlar va tashrif buyurganlarni o‘qqa tutishi oqibatida uch kishi: idora xodimi, tashrifchi va bosqinchining o‘zi halok bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют