» » “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem” seriali yulduzi Beren Saat eri bilan ajrashmoqda

“Muhtasham yuz yil. Ko‘sem” seriali yulduzi Beren Saat eri bilan ajrashmoqda


Taniqli turk akstrisasi Beren Saat oilasini saqlab qola olmadi, deb yozadi “Turkeyforfriends.com”.

Beren ajrashishga ariza berishga qaror qilganini bildirdi.

“Muhtasham yuz yil. Ko‘sem” seriali yulduzi Kenan Dog‘ulu bilan 2014-yilda turmush qurgan edi. Aktrisa va xonanda juda baxtli edi, ularni Turkiyaning eng chiroyli yulduzli juftliklaridan biri deb atashardi.

Beren va Kenanning to‘yi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan.

Oradan besh yil o‘tib yulduzli juftlikning munosabatlari yomonlashgan. 2019-yilda turk OAVlari Beren va Kenanning turmushi jar yoqasida ekanligi haqida yozgan. Beren Saat boshqa erkak bilan ko‘ringan, Kenan Dog‘ulu esa tadbirlarga yosh qizlar bilan kela boshlagan.

Biroq juftlik ajrashishga shoshilmadi. Beren va Kenan munosabatlarini yaxshilashga bir necha marta urinib ko‘rgan.

Yil boshida ular qachondir o‘rtalarida bo‘lgan tuyg‘ularni yana his etish ilinjida romantik sayohatga otlangan edi.

Biroq barcha urinishlar zoye ketdi. Bir necha kun avval Beren narsalarini yig‘ishtirib, Kenan bilan birga yashab kelgan uyidan ketgan.

Aktrisa o‘z riyeltoridan Istanbuldagi nufuzli tumandan unga yaxshi uy topib berishini so‘ragan.

Mavzuga doir: “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют