» » O‘zbekistonda 3 ta viloyat turoperatorlariga avtomobillar importi uchun imtiyoz berildi

O‘zbekistonda 3 ta viloyat turoperatorlariga avtomobillar importi uchun imtiyoz berildi


2020-yil 19-iyunda qabul qilingan “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra 3 ta viloyatdagi turoperatorlarga avtomobil import qilinayotganda to‘lanadigan bojxona bojida imtiyozlar berildi.

Hujjatga ko‘ra Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan turoperatorlarga istisno tariqasida ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida to‘lashga ruxsat etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-avgustdan so‘ng “inomarka” narxi qancha bo‘ladi?

Ushbu transport vositalariga davlatning ro‘yxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etilishi belgilangan.

Avvalroq “Norma.uz” ekspertlari O‘zbekistonda import qilinadigan yengil avtomobillarning aksiz solig‘i bir oz tushgani, lekin bunga qarama-qarshi ravishda utilizatsiya yig‘imi joriy qilinganini qayd etgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yanvar—may oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют