» » Samarqandda 30 mln so‘m miqdordagi pensiya puli talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

Samarqandda 30 mln so‘m miqdordagi pensiya puli talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi


Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi inspektori J.J. 15 ta holatda 30 million 358 ming so‘m jamg‘arma mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasiga tayanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

J.J. ushbu jinoiy harakatini boshqarmaning mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lov monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Rahimovning “Pensiya” dasturidan foydalanadigan login hamda parollarini qo‘lga kiritish orqali amalga oshirgan.

Mazkur holat yuzasidan J.J.ga shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat bilan bog‘liq ish karantin sababli Jinoyat protsessual kodeksning 364-moddasi (Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi) 1-qismi 1-bandiga (Ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin davolab bo‘ladigan kasallikka chalingan hollarda to‘xtatiladi) asosan to‘xtatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют