» » O‘zbekistonga yanvar—may oylarida import qilingan mashinalar haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonga yanvar—may oylarida import qilingan mashinalar haqida ma’lumot berildi


Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar—may oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 755,4 million dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 411,4 dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan, yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 205,9 million dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 578,8 million dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovoz yozish va eshittirish uskunalariga 253,3 million dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 249,5 million dollarga tushgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yanvar—may oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020-yilning 5 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,9 foizga kamaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют