» » Toshkentda xususiy tibbiyot muassasalari koronavirusga test olish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkentda xususiy tibbiyot muassasalari koronavirusga test olish xizmatini yo‘lga qo‘ydi


2020-yil 24-iyundan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ixtiyoriy murojaat qilgan davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari hamda fuqarolarni ushbu infeksiyaga pullik asosda tekshirishga ruxsat berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Toshkent shahrida COVID-19’ga test olayotgan tibbiyot muassasalari haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilning 25-iyuniga qadar Toshkent shahrida joylashgan “Tibbiyot dunyosi”, Swiss Lab, Vitros Diagnostics, “Genotexnologiya” va Akfa Medline singari nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘z laboratoriyalarida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Ushbu xususiy tibbiyot muassasalari laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun belgilangan talablarga javob berishi to‘g‘risidagi tegishli xulosalar berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi

Toshkent shahrida “Tibbiyot dunyosi” MChJ ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini 24-iyundan boshlagan. Qolgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham shu hafta ichida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini ko‘rsatishni boshlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют