» » O‘zbekistonda 27—28-iyun kunlari havo haroratining pasayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 27—28-iyun kunlari havo haroratining pasayishi kutilmoqda


O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga 26-iyun kuni Volgabo‘yi hududidan salqin va biroz nam havo oqimi kira boshladi. Kirayotgan front 26-iyun kuni respublikaning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur havo oqimi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 26-iyun kuni havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi.

27-iyun, shanba kuni salqin va biroz nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Barcha joylarda havo bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat iyun oyining oxiri uchun qulay bo‘lgan ko‘rsatkich — 27-32 darajagacha pasayadi.

Sovuq front o‘tishi natijasida 26 va 27-iyunda respublikada shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda tezligi 23-28 metr/sekundgacha yetishi kutilmoqda.

28-iyun, yakshanba kuni O‘zbekiston hududi quruq va salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, kuchsiz shamol esadi. Faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tunda harorat 15-20 darajagacha pasayadi, kunduzgi harorat 27-32 daraja issiq atrofida saqlanib turadi. Bu iyun oyining so‘nggi besh kunligi uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga past hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют