» » “Real” futbolchisi “Inter”ga o‘tadigan bo‘ldi

“Real” futbolchisi “Inter”ga o‘tadigan bo‘ldi


“Borussiya D” safida ijara asosida to‘p surayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimi faoliyatini “Inter”da davom ettiradi.

Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar qilishicha, tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Milanliklar transfer uchun 40 million yevro sarflaydi. Shuningdek, 5 million yevro bonus ham nazarda tutilgan. Muzokaralar hali poyoniga yetmagan, ta’kidlanishicha, 27-iyun hal qiluvchi kun bo‘ladi.

Manbada aytilishicha, marokashlik futbolchiga “Manchester Siti” va “Bavariya”dan ham qiziqish bo‘lgan. Ikki klub ham futbolchi uchun 60 million yevrodan voz kechishga va Hakimining o‘ziga yiliga 5 milliondan ortiq maosh to‘lashga rozi bo‘lgan. Biroq Ashrafning o‘zi “Inter” variantini tanlagan.

Bild nashri jurnalisti “Bavariya” Hakimiga ko‘proq maosh taklif qilgani haqidagi xabarni inkor qilgan.

Hakimi Bundesliga joriy mavsumida 32 o‘yin o‘tkazib, beshta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют