» » Yashnoboddagi yog‘ qadoqlash sexida yong‘in chiqdi (video)

Yashnoboddagi yog‘ qadoqlash sexida yong‘in chiqdi (video)


28-iyun kuni soat 04:13 da Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan yog‘ qadoqlash sexida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasi 22-uyda joylashgan Agro oil food MChJga qarashli yog‘ qadoqlash sexida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida sexning 300 metr kvadrat maydoni yonib ketgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 04:20 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 05:12 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Andijondagi tikuv sexida va Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют