» » Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi

Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu 32 yoshli fransiyalik futbolchining barcha musobaqalardagi 10-golli uzatmasi bo‘ldi. Benzema shu tariqa La Liga futbolchilari orasida gol (22) va assistlar sonini 10 tadan oshirgan uchinchi o‘yinchiga aylandi.

Avvalroq bunday natijani “Barselona” hujumchilari —Lionel Messi (26+21) va Luis Suares (16+11) qayd etgandi.

Karim Benzema Ispaniya Primerasining ushbu mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 7 assistga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют