» » “Atalanta” A Seriyada 61 yil ichida qayd etilmagan natijaga erishdi

“Atalanta” A Seriyada 61 yil ichida qayd etilmagan natijaga erishdi


“Atalanta” Italiya chempionatining 28-turi doirasida o‘tkazilgan bahsda “Udineze”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bergamoliklar ushbu uchrashuvda urilgan gollar evaziga 61 yil ichida A Seriyaning 28-turidan so‘ng kamida 80 ta gol urgan birinchi klubga aylandi.

Bundan avval faqatgina “Fiorentina” 1958/59-yilgi mavsumda 86 ta gol urgan.

Shuningdek, “Atalanta” mazkur uchrashuvda o‘zining 77 ta goldan iborat bo‘lgan chempionatdagi rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

“Atalanta” 28-turdan keyin 57 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют