» » Karim Benzema: “Barselona” haqida gapirmayman

Karim Benzema: “Barselona” haqida gapirmayman


“Real” hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasida “Espanyol” qarshi kechgan o‘yindan (1:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Gol bo‘lgan vaziyatda yaxshi harakat qildim, lekin eng muhimi shundan so‘ng to‘p darvozadan joy olganidir. Kazemiro hammasini to‘g‘ri bajardi. Men uning ortimda bo‘lishini bilardim.

Albatta, garchi ko‘proq o‘z o‘yinlarimiz haqida o‘ylasak-da, “Barselona”ga ham e’tibor qaratamiz. Men “Barselona” haqida gapirmayman, ammo bizda hammasi a’lo darajada. Biz bosqichma-bosqich boryapmiz, biz uchun har bir o‘yin final kabidir.

G‘alaba qozonishni va uch ochko olishni xohlagandik. Uyga g‘alaba bilan qaytganimizdan xursandmiz”, — deydi Benzema.

32-turdan so‘ng “qirollik klubi” 71 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Barselona” peshqadamdan ikki ochko ortda qolmoqda.

Mavzuga doir: Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют