» » Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln dollar ajratadi

Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln dollar ajratadi


Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan, tibbiy muassasalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish, xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, COVID-19 haqida ma’lumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash kabi turli xil tadbirlar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki bosqichida O‘zbekistonga Janubiy Koreya ham yordam ko‘rsatgandi, xususan, professor Soy Chje Uk va Yun Sing Ju kabi malakali tibbiyot xodimlari mamlakatga maslahatchi sifatida kelib, epidemiyaga qarshi kurashda mahalliy mutaxassislarga yordam berdi.

Aprel oyining yakunida esa mamlakatimizga umumiy qiymati 250 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi. Iyul oyida 300 ming dollardan ortiq qiymatga ega 35 million dona tibbiy niqob (KF 80/94) yuborilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, KOICA, Janubiy Koreyaning xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Suv resurslari korporatsiyasi va Yer va uy-joy korporatsiyasi kabi turli xil tashkilotlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun oziq-ovqat va tibbiy buyumlarni yetkazib berish orqali o‘z yordamlarini taqdim qilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib berdi. Seuldan 97 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Xitoydan uch marta gumanitar yordam yuklarini qabul qildi hamda mazkur mamlakatdan 200 mingta test tizimini sotib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют