» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 19 kishiga, Janubiy Koreyada esa 43 kishiga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 19 kishiga, Janubiy Koreyada esa 43 kishiga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 19 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlandi, bemorlarning 9 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Aniqlangan holatlarning 19 tasi mamlakatning o‘zida, 11 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, bozor 13-iyun kuni yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 531 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 469 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 428 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 99 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoyda harbiylarning COVID-19’ga qarshi tajriba vaksinasidan foydalanishiga ruxsat berildi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 43 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 800 nafarga yetdi.

Bir kun avval koronavirusga chalinganlar soni 42 kishiga oshgandi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 23 nafari mamlakatning o‘zida, qolganlari chetdan yuqtirilgan.

Tuzalganlarning umumiy soni esa 11 537 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni o‘zgarmagan bo‘lib, 282 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln dollar ajratadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют