» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga, Janubiy Koreyada esa 67 nafarga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga, Janubiy Koreyada esa 67 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 27 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 12 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 23 tasi mamlakatning o‘zida, 4 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 32 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 352 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 410 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 308 nafar bemor qolmoqda.

Mavzuga doir: Pekindagi bozorda aniqlangan COVID-19 genomining ma’lumotlari aniqlandi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 67 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 373 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 856 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 280 kishini tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazining (KCDC) ta’kidlashicha, kasallanganlarning 36 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 31 nafari chetdan yuqtirgan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 21 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga 1,17 million kishi tekshirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Xitoy va Koreyadan kelganlar endi karantinga olinmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют