» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida yana 32 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida yana 32 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 32 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 4 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 28 tasi mamlakatning o‘zida, 4 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 28 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 8 ta holat aniqlangandi.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 325 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 398 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 293 nafar bemor qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pekindagi “Sinfadi” ulgurji bozorida koronavirus 13-iyun qayd etilgandi. Bozor joylashgan Fentay tumani hamda unga qo‘shni Xebey provinsiyasining Baodin shahrida harbiy holat rejimi e’lon qilindi. Hududda maktab va bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, aholi esa o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilishi lozim.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют