» » Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmagan fuqarolarning navbatdagi guruhi charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi

Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmagan fuqarolarning navbatdagi guruhi charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi


Koreyadan ta’tilga kelib, pandemiya sababli ketolmayotgan fuqarolar charter reys orqali jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi. 30-iyun kuni bunday fuqarolarning 29 kishidan iborat navbatdagi guruhi “Asiana” aviakompaniyasining Toshkent—Inchon yo‘nalishidagi charter reysi orqali Koreyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, pandemiya davrida Koreyaga kirib borishga ruxsat olish uchun rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin ish beruvchi bilan karantinda saqlash joyini aniqlashtirish (ish beruvchi xabarsiz qolmasligi kerak) hamda haqqoniy ma’lumotlarni rozilik bitimiga kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda (shaharda) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi yozma rozilik xati qo‘llab-quvvatlanadi.

Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, agentlik ushbu xizmatni bepul amalga oshirmoqda.

30-iyun kuni charter reysi orqali Koreyaga jo‘nab ketdi 29 nafar fuqaro HRD tashkiloti va agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan kutib olingach, ularga aeroportdagi belgilangan qat’iy tartibdagi tekshiruvlardan o‘tishda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shundan keyin 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha rozilik bitimida ko‘rsatilgan manzillariga kuzatib qo‘yilgan.

Mazvuga doir: Karantin vaqtida Janubiy Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga ruxsat berish tartibi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют