» » Uchtepa tumanidagi oshxonalarning birida yong‘in chiqdi (video)

Uchtepa tumanidagi oshxonalarning birida yong‘in chiqdi (video)


2-iyul kuni soat 09:16 lar atrofida Uchtepa tumani “Ko‘kcha darvoza” MFY hududida joylashgan oshxonada yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tumandagi “Olmos jo‘ja” MChJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida oshxona ichki va tom qismining 30 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 9:36 lar atrofida to‘liq bartaraf etilgan.

Avvalroq Andijondagi tikuv sexida, Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida, Ohangarondagi katta do‘konda, Yashnoboddagi yog‘ qadoqlash sexida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Sirdaryoda nodavlat ta’lim muassasasidagi yong‘in vaqtida 111 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi evakuatsiya qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют