» » Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi boshlandi

Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi boshlandi


Fransiyada 23-aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Saylovchilar ro‘yxatida qayd etilgan 45 milliondan ortiq fransuz 7-may kuni ikkinchi bosqichda prezidentlik lavozimi uchun kurashadigan ikki nafar nomzodni aniqlab beradi.

Prezidentlik poygasida “Marshda” harakati asoschisi Emmanyuel Makron va “Milliy front” yetakchisi Marin Le Pen yetakchilik qilmoqda. Oxirgi so‘rovlarga ko‘ra, aynan shu siyosatchilarda ikkinchi bosqichga chiqish imkoniyati ko‘proq.

Ularning ortidan minimal tafovut bilan “Respublikachilar” partiyasi vakili Fransua Fiyon va “Bo‘ysunmagan Fransiya” harakati vakili Jan-Lyuk Melanshon bormoqda. Ularning ikkisi ham ikkinchi bosqichda Yelisey saroyi uchun kurashni davom ettirishga bel bog‘lagan.

Mamlakat hududida 65 ming saylov uchastkasi ochilgan, ulardan 896 tasi poytaxt Parijda joylashgan. Saylov jarayonida xavfsizlikni ta’minlashga 50 ming politsiyachi va 7 ming harbiy safarbar etilgan.

Ovoz berishning dastlabki natijalari yarim tunga qadar ma’lum bo‘lishi bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют