» » O‘zbekistonda karantin davrida qancha fuqaro doimiy daromad bilan ta’minlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin davrida qancha fuqaro doimiy daromad bilan ta’minlangani ma’lum qilindi


Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Global sammiti davomida Yevropa va O‘rta Osiyoda koronavirus pandemiyasining mehnat bozorlariga ta’siriga qarshi kurashish yo‘llari va kelajakdagi istiqbollarini muhokama qilish maqsadida 1-iyul, chorshanba kuni mintaqaviy sessiyalardan biri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Mehnat vazirligi xabar berdi.

Eng yirik onlayn-uchrashuv sessiyasida Shveysariya, Shvetsiya, Portugaliya, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Rossiya, Gruziya kabi davlatlarning mehnat vazirlari, ishchilar va ish beruvchilar tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirok etdi. U ishtirokchilarni mamlakat mehnat bozori uchun pandemiya oqibatlarini bartaraf etishning mahalliy tajribalari bilan tanishtirdi.

Xususan, vazirlikning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbayi yaratishning “Vaqtinchalik tartibi” joriy etildi.

Vaqtincha bandlik bo‘yicha jamoat ishlari fondi mablag‘lari hisobidan 230 mingga yaqin ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi. 33 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalarning shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish uchun subsidiyalar berish mexanizmi orqali qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yil 1-oktabrgacha yashash minimumi va iste’mol savatchasining huquqiy asoslari yaratiladi

Shuningdek, aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan subsidiyalar hisobiga 3 ming ishsiz ish bilan ta’minlandi. 20 ming ishsizga ishsizlik bo‘yicha nafaqa berildi.

Shunday qilib, jami 374 ming fuqaro Mehnat vazirligi tomonidan uch oy davomida bandlik va doimiy daromad bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют