» » MAGATE Rossiya chegarasida radiatsiya darajasining oshganiga izoh berdi

MAGATE Rossiya chegarasida radiatsiya darajasining oshganiga izoh berdi


Skandinaviya davlatlarining shimoliy qismidagi Rossiya bilan chegaradosh hududlarda radiatsiya darajasining ortishi yadroviy reaktorda amalga oshirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma’lum qildi.

“Yaqinda Shimoliy Yevropada topilgan radioizotoplar darajasining oz miqdorda oshishi, taxminlarga ko‘ra, yadroviy reaktorning ishiga yoki unga ko‘rsatilayotgan texnik xizmatga bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, reaktorga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida juda oz miqdorda radioaktiv moddalari tashqariga chiqishi mumkin. “Zararli moddalarning geografik jihatdan tarqalgan joyi hali aniqlanmadi”, — deyiladi MAGATE xabarida.

Ta’kidlanishicha, kuzatilayotgan radioaktiv zarralar konsentratsiyasi inson sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun zararsiz.

MAGATEning ma’lum qilishicha, atmosferaga radionuklidlarning tarqalish manbasini faqatgina zararli chiqindilar havoga chiqib ketgan mamlakat bu haqida ma’lumot bersagina aniqlash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Yevropaning Rossiya bilan chegaradosh shimoliy qismida radioaktiv moddalar darajasi oshib ketgani aniqlangan. Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya radiatsion monitoring datchiklari radioaktiv moddalar darajasi biroz oshganini qayd etgan. Biroq “Rosgidromet” Boltiq dengizi hududida radioaktiv moddalar darajasi oshgani qayd etilmaganini ma’lum qilgan. Ularning ta’kidlashicha, dengizdagi stansiyalarda gamma-nurlanish miqdori normada. “Rosenergoatom” esa iyun oyida Leningrad va Kola AESlarida birorta holat qayd etilmaganini, stansiyalardan chiqayotgan izotoplarning umumiy miqdori nazorat qiymatidan oshmaganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют