» » Namangan yo‘llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlarni chizish boshlandi

Namangan yo‘llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlarni chizish boshlandi


Namangan viloyati yo‘llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlarni chizish boshlandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shovqin chiqaruvchi bu kabi chiziqlar termoplastdan tayyorlangan bo‘lib, u haydovchining hushyorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Bugungi kunda charchoq holatida transport vositasini boshqarib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlanayotgan haydovchilar ko‘plab uchramoqda. Ushbu haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘layotganligi hech kimga sir emas”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchilar ushbu chiziqlar ustidan harakatlanib o‘tgan vaqtida shovqin yuzaga keladi va charchagan haydovchi shovqinni eshitib yetarlicha sergaklanadi.

Bu chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda. Avvalroq xuddi shu turdagi yo‘l chiziqlari Toshkent viloyati hududlarida ham chizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Qashqadaryoning Koson tumanida O‘zbekistondagi ilk ovozli piyodalar yo‘lakchasi qurilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda mamlakat bo‘yicha jami 8588 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lib, ularda 7943 nafar fuqaro jarohatlangan va 2096 nafar shaxs halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют