» » Namanganda tug‘ilgan to‘rt egizakning onasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi

Namanganda tug‘ilgan to‘rt egizakning onasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi


Namangan viloyat perinatal markazida 1-iyul, chorshanba kuni dunyoga kelgan 4 egizakning onasi Madina Ikromovaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Chaqaloqlarga Abdulloxon, Abdurazzoqxon, Abdurahmonxon va Abdulvositxon degan ismlar qo‘yildi. Ularning otasi Bahodir Hozilov buni xo‘jalar avlodidan ekanligi, shu bois bunday ismlar tanlangani bilan izohladi.

— 2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘lim Rustamxondan 9 oyligida ajralib qolgandik. Xudoyim uning o‘rniga 4 nafar o‘g‘il farzand hadya qildi. Homiladorligimning oltinchi haftasida shifokorlarga ko‘ringanimda uch egizak deb aytishgandi. 11 haftalikda esa ularning 4 egizak ekanligi ma’lum bo‘ldi, — deydi Madina Ikromova.

Chaqaloqlarning onasiga perinital markazda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni topshirgan Namangan shahar 1-sonli FHDYo mudirasi Nodira Obiddinovaning aytishicha, shaharda 2020-yilning shu kunigacha 8 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ilgan. Ulardan 200 nafardan ortig‘i egizak, 4 nafari uch egizak. 4 egizakning dunyoga kelishi esa yaqin orada ilk bor qayd etilmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi. Ularning barchasi o‘g‘il



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют