» » Xitoyda bir sutkada 3 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada esa kasallanganlar soni 63 nafarga ko‘paydi

Xitoyda bir sutkada 3 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada esa kasallanganlar soni 63 nafarga ko‘paydi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlandi, bemorlarning 10 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, aniqlangan 3 ta holatning 1 tasi mamlakatning o‘zida, Pekin shahrida, qolgan  2 tasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 545 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 509 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 402 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 98 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, sutka davomida 63 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 030 nafarga yetdi.

Sutka davomida 52 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 11 811 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni 283 nafarni tashkil etmoqda.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya 1-iyuldan boshlab remdesivir dori vositasini sotib olishni boshladi. Remdesivir Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasi og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, 7-iyulga qadar kasalxonalar remdesivir bilan bepul ta’minlanadi, 8-iyuldan boshlab esa uning narxi muhokama qilinadi.

Mavzuga doir: Kim Chen In nima uchun Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘qligini izohladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют