» » Shahboz Umarovning shedevr goli “Energetik-BGU”ga BATE ustidan g‘alaba keltirdi

Shahboz Umarovning shedevr goli “Energetik-BGU”ga BATE ustidan g‘alaba keltirdi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 16-turida “Energetik-BGU” 4-iyul, shanba kuni BATE maydoniga safar qildi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Ikkinchi o‘n daqiqalik so‘nggida mehmonlar futbolchisi Aleksandr Svirepa o‘z jarima maydonida qo‘l bilan harakat qildi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Biroq belgilangan penaltini Stanislav Dragun muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

23-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchsi Shahboz Umarov jarima zarbasidan qoyilmaqom gol urgan holda minskliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmay qoldi. Umarov 59-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “talabalar” ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam BATEdan 1 ochko ortda qolmoqda.

Belarus Oliy Ligasi

16-tur bahsi

4-iyul, shanba

Gol: 0:1 – 23 Umarov.

BATE: Chichkan, Nastich, Filipenko, Ya.Filipovich, A.Filipovich Yablonskiy, Baga, Dragun, Stasevich, Nexaychik, Milich

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Shkurdyuk, Miroshnikov, Svirepa, Yudchits, Girs, Nosko (k), Mavatu, Tve, Umarov (Dias, 59), Atemeng (Musaxanyan, 26).

Ogohlantirishlar: Svirepa (7), Tve (28), Nastich (39)

Chetlatish: Svirepa (20).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют