» » Toshkentda Navoiy ko‘chaning Labzakdan Saqichmongacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Toshkentda Navoiy ko‘chaning Labzakdan Saqichmongacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi


Toshkent shahri markazidagi ko‘chalarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 6-iyul soat 08:00 ga qadar Alisher Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.

Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilgan.

Avvalroq Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari 14 kunga yopilgani, Toshkentda Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilgani, Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘lning ochilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют