» » 2020-yilning kuzida taqdim etilishi rejalashtirilayotgan taniqli aktyorlar ishtirokidagi turk seriallari

2020-yilning kuzida taqdim etilishi rejalashtirilayotgan taniqli aktyorlar ishtirokidagi turk seriallari


Turk kinosanoatining muxlislari uchun mashhur aktyor va aktrisalar ijrosida qanday filmlar suratga olinishi kutilayotgani haqida ma’lumot beramiz.

“Ilohiy tartib”

Kuzda ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilayotgan “Ilohiy tartib” tarixiy seriali qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lishi kutilmoqda. Film ssenariysi “Ertug‘rul: Tirilish” ssenariysi muallifi Serdar O‘zanalan tomonidan yozilgan. Sujet Buyuk Saljuqiylar davlati va Hasan Sabbah o‘?rtasidagi kurash haqida hikoya qiladi. Unda asosiy rollardan birini Bugra Gulsoy ijro etadi.

“Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”

Mazkur serial xuddi shu nomli fransuz serialining remeyki bo‘ladi. Voqealar rivoji nufuzli aktyorlik agentligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Unga ko‘ra, agentlik boshqaruvchilari mijozlari bilan shartnoma tuzilishi uchun har narsaga qo‘l uradi. Serialni tomosha qilish orqali mashhurlikka erishish oson emasligiga guvoh bo‘lish mumkin. Eng qizig‘i esa serialning har bir qismida turk yulduzlari o‘z rollarini ijro qiladi. Boshidagi qismlarda Tuba Buyukustun va Xalit Ergench paydo bo‘lishi kutilmoqda.

“Barbarossa”

2020-yil kuzining eng kutilgan seriallaridan biri bo‘lgan “Barbarossa”da o‘zbek tomoshabinlariga “Ichkarida” serialidagi Sarp roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy bosh qahramonni gavdalantiradi. Tarixiy janrda suratga olinishi kutilayotgan ushbu filmda rol ijro qilish uchun Chagatay allaqachon tayyorgarlikni, vazn to‘plash va soqol qo‘yishni boshlab yuborgan. Sujet avvalida qaroqchilik bilan shug‘ullangan turk flotining bosh qo‘mondoni bilan bog‘liq vaziyatlar gavdalantiriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют