» » Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi


O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi so‘nggi bir hafta mobaynida qancha fuqaro charter reyslar orqali vatanga qaytarilgani va qancha vatandoshga moddiy ko‘mak ko‘rsatilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-iyundan 5-iyulgacha 2087 nafar fuqaro Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Xususan:

“Ushbu reyslarda birinchi navbatda keksa fuqarolar, salomatligi bilan muammosi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va yosh bolali ayollar qaytarildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways’ning 2020-yil oxirigacha sotilgan chiptalar puli 1-iyuldan vaucher ko‘rinishida qaytariladi

O‘tgan bir hafta davomida “Mehr” loyihasi doirasida qiyin vaziyatga tushib qolgan 583 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 3 744 863 rubl miqdorida moddiy yordam ajratilgan.

Ta’kidlanishicha, “Mehr” loyihasi boshlangandan beri (14-maydan 5-iyulga qadar) 5667 nafar fuqaroga 35 456 834 rubl miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

“Hafta mobaynida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan Moskva shahri xostellarida 20 nafar fuqaromizning yashash va ovqatlanishi uchun pul to‘lab berildi. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi 33 nafar vatandoshimizning yashash va ovqatlanish xarajatlarini qopladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 2020-yilning 6-iyuldan 19-iyuligacha 19 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmagan fuqarolarning navbatdagi guruhi charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys orqali Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют