» » Koronavirus sababli Ispaniyada bir qator cheklovlar qaytadan joriy qilindi va plyajlar yopildi

Koronavirus sababli Ispaniyada bir qator cheklovlar qaytadan joriy qilindi va plyajlar yopildi


Ispaniya hukumati koronavirus tarqalishi xavfi sababli mamlakatdagi o‘nlab ommabop plyajlarni yopdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xususan, Andalusiyadagi 50 dan ortiq plyaj yopilgan, ulardan qariyb 30 tasi Malagada joylashgan. Ularning ko‘pchiligi joriy haftada qaytadan ish boshlashi kutilmoqda.

Mahalliy rasmiylarning bunday choralarni qo‘llashiga dam olish kunlarida plyajlar to‘lib ketgani va odamlar u yerda ijtimoiy masofani saqlamagani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Galisiya viloyatida yaqinda bekor qilingan ba’zi cheklovlar qayta tiklangan. Dengiz bo‘yida joylashgan tumanlardan birining aholisiga mamlakatning boshqa hududlariga borish taqiqlangan. Bundan tashqari, u yerda niqob taqish majburiy etib belgilangan va 10 kishidan ortiq odamning to‘planishi taqiqlangan. Bar va restoranlar tashrif buyuruvchilar sonini 50 foizga qisqartirishi kerak.

Shuningdek, 4-iyul kuni Kataloniyada ham cheklov choralari joriy qilingan. Segry hududida 200 mingdan ortiq odam karantinga olingan, ularning boshqa shaharga borishiga ruxsat etilmaydi.

Yangi kasallar sonining oshishi fonida bu kabi choralar mamlakatda amalga kiritilmoqda. Pandemiya davrida Ispaniyada umumiy hisobda taxminan 300 ming kishida koronavirus qayd etilgan, 28 mingdan ortiq bemor kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют