» » 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 251 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirga uzatiladi

12-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 251 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirga uzatiladi


Toshkent vaqti bilan 12-iyul, yakshanba tongida UFC 251 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Uchta chempionlik jangi o‘tkaziladigan mazkur musobaqa Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da tashkil etiladi. UzReport telekanali UFC 251 musobaqasini O‘zbekistonda jonli translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Telekanal musobaqani jonli efirga uzatadi.

UFC kechasining asosiy jangi yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usmon va Xorxe Masvidal o‘rtasidagi kechadi. Shuningdek, yarim yengil vazn chempioni Aleksander Volkanoski revansh jangida Maks Hollouey bilan bahs yuritsa, Joze Aldo va Petr Yan o‘ta yengil vazn chempionligi uchun kurashadi.

Musobaqaning barcha juftliklari bilan tanishing:

Asosiy kard

Kamaru Usmon — Xorxe Masvidal

Aleksander Volkanovski — Maks Hollouey

Petr Yan — Joze Aldo

Jessika Andrade — Rouz Namayunas

Peyj Vanzant — Amanda Ribas

Boshqa janglar

Volkan O‘zdemir — Yirji Prohazka

Elizeu Zaleski dos Santos — Muslim Salixov

Makvan Amirxani — Denni Henri

Leonardo Santos — Roman Bogatov

Marchin Tibura — Aleksandr Romanov

Raulian Payva — Jalgas Jumagulov

Karol Rosa — Vanessa Melo

Martin Dey — Deyvi Grant.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют