» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 23 kishiga, Janubiy Koreyada esa 44 kishiga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 23 kishiga, Janubiy Koreyada esa 44 kishiga oshdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 8 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 15 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi aniqlangan kasallanganlarning barchasi va belgisiz kasallanganlarning 14 nafari virusni chetdan yuqtirgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus aniqlanganlarning jami soni 84 889 nafarga yetdi, shundan 79 725 nafari sog‘aygan, 4641 nafari vafot etgan.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 44 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda jami kasallanganlar soni 13 181 nafarga yetdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 20 tasi mamlakatning o‘zida, qolgan 24 tasi chetdan yuqtirilgan.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni ikki kundan buyon 50 ming kishidan ortmayapti. Bundan avval kunlik kasallanganlar soni 60 kishidan ortiq bo‘lib kelayotgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda virusdan sog‘ayganlar soni 11 904 kishiga, vafot etganlar soni esa 285 kishini tashkil qilmoqda.

Mamlakat 1-iyuldan boshlab “Remdesivir” dori vositasini sotib olishni boshladi. “Remdesivir” Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasi og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, 7-iyulga qadar kasalxonalar “Remdesivir” bilan bepul ta’minlanadi, 8-iyuldan boshlab esa uning narxi muhokama qilinadi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusdan ham xavfli bo‘lgan qora o‘lat tarqaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют