» » Pro-Liga. “Neftchi” o‘z uyida “Xorazm”ga 3 ta gol urdi

Pro-Liga. “Neftchi” o‘z uyida “Xorazm”ga 3 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 2-turiga 7-iyul, seshanba kuni start berildi.

Turning dastlabki o‘yini “Neftchi” va “Xorazm” jamoalari o‘rtasida kechdi, unda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Mansur Saidov farg‘onaliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda “Neftchi” yana ikkita gol urishga erishdi. 58-daqiqada Otabek Zokirov penaltini aniq bazardi. O‘yin yakunlanishi arafasida Doston Toshmatov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Neftchi” ochkolarini 6 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Xorazmliklar esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Turning qolgan uchrashuvlari 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Pro-Liga

2-tur bahsi

7-iyul, seshanba

Gollar: 1:0 –  Saidov, 2:0 – 58, penalti Zokirov, 3:0 – 88 Toshmatov.

“Neftchi”: Sherzod Abduraimov, Timur Sultanov, Eldor Ergashev, Mansur Saidov, Islombek Karimov, Otabek Zokirov, Islom Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Dilyorbek Irmatov (Ja’far Ismailov, 44), Doniyor Madaminov, Ilhom Vahobov.

“Xorazm”: G‘ayrat O‘dayev, Jasur Otajonov, Temur Masharipov, Bahodir Murtozayev, Sardor Matmurodov, Dadaxon Yusupov, Saidjamol Davlatjonov, Habibulla Matyoqubov, Mirjalol Qurbonov, Norxon Sheripov, Tursunmurod Hamdamov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют